Mustafa Shentoʻpni Ashxobodda Serdar Berdimuhamedov qabul qildi

Mustafa Shentoʻp Turkmaniston poytaxti Ashxobodga rasmiy tashrif uyushtirdi.

1907998
Mustafa Shentoʻpni Ashxobodda Serdar Berdimuhamedov qabul qildi

Türkiye Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentoʻp Turkmaniston poytaxti Ashxobodga rasmiy tashrif uyushtirdi.

Shu doirada Mustafa Shentoʻp Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi.

Türkiye Buyuk Millat Majlisi raisi, Turkmaniston rahbariga Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning salomini yetkazdi.

Berdimuhamedov ikki davlat oʻrtasidagi tijoriy, siyosiy, madaniy va parlament aloqalari rivojlanib borayotganidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuv ortidan Milliy kengash majlisida soʻzga chiqqan Shentoʻp,

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik, tarixiy va madaniy aloqalar, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan mavjud mustahkam aloqalarimizni saqlab; transport, savdo, energetika, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar, ta’lim, ijtimoiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirar ekanmiz rivojlangan Osiyoning yetakchi davlatlari sifatida jahon sahnasida birga qad rostlaymiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Türkiye Buyuk Millat Majlisi raisi Shentoʻp Turk Davlatlari Tashkilotiga kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlgan Turkmanistonning toʻlaqonli aʼzoligi, tashkilot kuchiga-kuch qoʻshishini oʻz soʻziga ilova etdi.

Shentoʻp, Turkmaniston Ulusay kengashi majlis rahbari Gulshat Memmedova bilan ham hay’atlararo uchrashuv oʻtkazdi.

 



Aloqador xabarlar