Vashingtonda Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

"To'g'ridan-to'g'ri muloqot chinakam tinchlikka erishishning eng yaxshi yo'lidir va biz uni qo'llab-quvvatlashdan juda mamnunmiz. Qo'shma Shtatlar Armaniston va Ozarbayjonning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlaydi",- deydi Blinken.

1903757
Vashingtonda Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Amerika Qo’shma Shtatlari poytaxti Vashingtonda Davlat kotibi Entoni Blinken mezbonligida Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Entoni Blinken uchrashuv oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida TIV rahbarlari o'tgan oy Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida boshlagan muzokaralarning davomi sifatida uchrashganligini va AQSh Armaniston va Ozarbayjon o'rtasidagi tinchlik muzokaralariga sodiq ekanini aytdi.

"To'g'ridan-to'g'ri muloqot chinakam mustahkam tinchlikka erishishning eng yaxshi yo'lidir va biz uni qo'llab-quvvatlashdan juda mamnunmiz. Qo'shma Shtatlar nafaqat Armaniston, balki Ozarbayjonning ham suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat'iy qo'llab-quvvatlaydi",- dedi u.

Blinkenning ta'kidlashicha, 30 yildan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan Qorabog' mojarolari insoniy va moddiy jihatdan chuqur yaralar qoldirdi.

"Ammo, biz hozir guvohi bo'lib turibmizki, ikkala davlat o'tmishni ortda qoldirib, mustahkam tinchlikka erishish yo'lida haqiqiy va jasoratli qadam tashlamoqda. Har ikki davlat ham bu maqsadga erishadi va pirovardida tinch kelajak, tinch mamlakatlar va Janubiy Kavkazda yorqin kelajakka erishadi",-deb aytgan Davlat kotibi Entoni Blinken.

Uch tomonlama uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.

 



Aloqador xabarlar