Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonada

Bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi.

1898638
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonada

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostonada. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati o‘zining rasmiy veb – saytida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra aeroportda Shavkat Mirziyoyevni, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Qayd etilishicha, bugun Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo – Yevropa ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo - iqtisodiy va madaniy - gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.



Aloqador xabarlar