Ostonada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti boshlandi

Tadbirda Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.

1892879
Ostonada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti boshlandi

 

Bugun, 14 oktyabr kuni Ostona shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti o'z ishini boshladi.

Yig‘ilishga Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev raislik qilmoqda.

OAV maʼlumotiga ko‘ra, sammit davomida MDH davlatlari rahbarlari ko‘p tomonlama sheriklikning eng muhim jihatlari va amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ishtirok etmoqda.

Sammitda MDHning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan yangilangan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish dasturi, shuningdek, MDHga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida kuzatuvchi maqomi berilishi hamda MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolanishi muhokama qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Qozoqiston , #Ostona

Aloqador xabarlar