Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshladi

Sammitda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ham qatnashmoqda.

1892271
Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshladi

 

Bugun, 13 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammiti o‘z ishini boshladi.

Sammitda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an ham qatnashmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston, Rossiya, Qatar, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari hamda o‘nlab a’zo davlatlarning yetakchilari va tashqi ishlar vazirlari qatnashmoqda.

Sammit kun tartibiga o‘zaro savdoni ko‘paytirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, samarali transport kommunikatsiyalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish masalalari kiritilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash tuzish haqidagi taklif Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan 1992 yilda BMT Bosh Assambleyasining 47-sessiyasida ilgari surilgan edi. Tashkilot 1999 yildan rasman o‘z faoliyatini boshlagan.

Tashkilotga Osiyoning 27 ta davlati doimiy a’zo: Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bahrayn, Bangladesh, Vetnam, Misr, Isroil, Hindiston, Iordaniya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Kambodja, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, BAA, Pokiston, Falastin, Rossiya, Tojikiston, Tailand, Turkiya, Shri-Lanka, O‘zbekiston.

Shuningdek, 9 ta davlat (Belarus, Indoneziya, Malayziya, AQSh, Ukraina, Filippin, Yaponiya, Laos va Turkmaniston) va 5 ta xalqaro tashkilot (BMT, YeXHT, Arab davlatlari ligasi, Turkiy tilli mamlakatlar parlament assambleyasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti) kuzatuvchi maqomiga ega.

Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • Osiyo barqarorlik, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda ko‘p tomonlama fikrlarni inobatga olgan holda hamkorlikni kengaytirish;
  • noqonuniy narkotiklar ishlab chiqish va savdosiga qarshi kurash;
  • Osiyo farovonligi va barqarorligi yo‘lida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish;
  • terrorizmning barcha ko‘rinishlari va ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishiga qarshi kurash;
  • atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq barcha masalalarda hamkorlik qilish;
  • a’zo davlatlar o‘rtasida ishonchni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish va boshqalar.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari:

  • harbiy-siyosiy jihat;
  • yangi chaqiriq va tahdidlar;
  • iqtisodiy, ekologik va insoniy o‘lchov.

Tashkilotning asosiy tamoyillari:

  • suveren tenglik va suveren huquqlarni hurmat qilish;
  • nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish;
  • iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlik;
  • davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
  • kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik;
  • davlatlarning hududiy yaxlitligi;
  • qurolsizlanish va qurollanishni nazorat qilish;
  • inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish.

 

  • Tashkilot davlat rahbarlari sammiti har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Bugunga qadar oliy darajadagi sammitlar 2002 va 2006 yillarda Olmatada, 2010 yil Istanbulda, 2014 yil Shanxayda, 2019 yil Dushanbeda bo‘lib o‘tgan. 6-sammit 2022 yil 13 oktyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tmoqda.



Aloqador xabarlar