Armaniston askarlari yana Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘t ochdi

Armaniston askarlari o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini paymol qilib, yana, Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘t ochdi.

1887967
Armaniston askarlari yana Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘t ochdi

Armaniston askarlari yana o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini paymol qildi. Ular, Kalbajar va Tovuzdagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘t ochdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida:

“3-oktabr kuni oqshom soatlaridan 4-oktabr ertalabgacha Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasidagi Kalbajar viloyatining Zival, Zaylik va Istisu hamda Tovuz viloyatining Ag‘dam va Garalar turar-joy punktlaridagi Ozarbayjon armiyasi mavzelari, Armaniston Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi”.-deyildi.

Bayonotda, Ozarbayjon armiyasining ularga nisbatan javob tariqasida o‘t ochgani qayd etildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi mavzu haqida shuningdek:

“Vaziyatning qasddan avj olishidan butunlay Armanistonning harbiy va siyosiy liderlari mas’ul ekanini ma’lum qilmoqchimiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar