O‘zbekistonning yuk tashuvchi mashinalari asosan Qozog‘istonga sotilmoqda

O‘zbekiston 8 oyda 11,4 million dollarlik 484 yuk tashuvchi mashina eksport qildi.

1886870
O‘zbekistonning yuk tashuvchi mashinalari asosan Qozog‘istonga sotilmoqda

O‘zbekiston joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha 8 ta xorijiy davlatga 11,4 million dollarlik 484 yuk tashuvchi mashina eksport qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Statistika qoʻmitasi ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra, mazkur eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 88 donaga kamaygan.

Yuk tashuvchi mashinalarining asosiy eksport bozorlari Qozog‘iston (176), Qirg‘iziston (128), Tojikiston (83) va Ozarbayjon (60) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 



Aloqador xabarlar