Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi

Sadir Japarov IV Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yuksak darajada tashkil etilganini ta’kidlab, ular insoniyat sivilizatsiyasi mulki sifatida jahonda etnik-sport va etnik-madaniy harakatni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlagan.

1886974
Erdo‘g‘an Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashdi
Sadir Caparov-Erdogan.jpg

 

Amaliy tashrif bilan Turkiyaning Iznik shahriga kelgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. 

Ikki davlat rahbarlari qirg‘iz-turk hamkorligining keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi.

Yetakchilar shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratganlar. 

Prezident Sadir Japarov To‘rtinchi Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari yuksak darajada tashkil etilganini ta’kidlab, ular insoniyat sivilizatsiyasi mulki sifatida jahonda etnik-sport va etnik-madaniy harakatni rivojlantirishga qaratilganini ta’kidlagan. 

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakatning barqaror rivojlanishi, tinch va farovonligiga ko‘maklashish maqsadida jahon miqyosida muloqot va hamkorlikka sodiq ekanliklarini tasdiqlaganlar.

Tomonlar qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat va avvalgi kelishuvlarga ko‘ra mudofaa borasidagi o‘zaro hamkorlik haqida gaplashib, gaplashmagani ma'lum emas.

Ikki davlat rahbarlarining matbuot xizmatlari suhbatni to‘liq yoritmagan. 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrifini yakunlab, bugun, 30 sentyabr kuni Bishkekka qaytdi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Qirg'iziston , #Turkiya , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar