Ilhom Aliyev armanlardan qaytarib olingan Lochin shahriga tashrif buyurdi

Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin shahri, 26-avgust kuni armanlardan qaytarib olindi.

1883333
Ilhom Aliyev armanlardan qaytarib olingan Lochin shahriga tashrif buyurdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, 26-avgust kuni Ozarbayjon nazoratiga o‘tgan Lochin shahriga tashrif buyurdi.

Ozarbayjon Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Ilhom Aliyev u yerda so‘zlagan nutqida, Lochin shahri bosib olingan paytda armanlar tomonidan vayron qilinganini bildirib, quyidagi ifodalarga o‘rin bergan:

“Armanlar Lochinning baʼzi joylariga noqonuniy ravishda joylashib oldilar. Ular Suriya va Livandan arman millatiga mansub insonlarni olib kelib, bu yerga noqonuniy ravishda joylashtirdi. Bu bir urush jinoyatidir. Hatto har bir xalqaro shartnomalarda bu holat urush jinoyati sifatida qayd etildi va ushbu jinoyatga butun dunyo ko‘z ongida qo‘l urildi.

Buni xalqaro hamjamiyat, xalqaro tashkilotlar, bu ish bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiziqqan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhi ko‘rmaslikka oldi. Armanistondan Qorabogʻga, Qorabogʻdan Armanistonga qatnalganida bu yer noqonuniy ravishda turar-joyga aylantirildi. Ozarbayjonga oid joy nomlarining olib tashlangani, tarixiy Ozarbayjon tuprogʻi Lochinning armanlashtirilganiga guvoh boʻldilar ammo koʻz yumdilar. Ozarbayjon xalqi esa buni qabul qilolmas edi”.

Armanistonning oxirgi paytlarda Ozarbayjonga qarshi igʻvogar munosabatda boʻlgani va urush tugaganiga qaramay mintaqaga armanlar tomonidan minalar joylashtirilganini qayd etgan Ilhom Aliyev, oʻz soʻzini quyidagicha davom etdi:

“Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. Ko‘p marta Armanistonni bu ishlardan voz kechishlari uchun ogohlantirdik. Natijada 13-sentabr kuni bizga qarshi yana provokatsiya uyushtirdi. Ozarbayjon armiyasi unga javob qaytardi va takror dushmanni o‘z joyiga o‘tirg‘izdi. Umid qilamanki bu ularga oxir-oqibat dars bo‘ladi. Chunki ular bizni hech kim va hech narsa to‘xtata olmasligini ko‘rdilar”.

Ozarbayjon lideri so‘zlari davomida: “Biz Armanistonning tinchlikni istamasligi va haligacha qasoskor g‘oyalar payida yashayotganini ko‘rib turibmiz”,-degan ifodalarga ovrin bergan holda:

“Hech kimning chaqirig‘i, hech qaysi bayonoti, hech qanday urinishlar bizni to‘xtata olmaydi. Biz o‘z tuprog‘imizdamiz va o‘z yurtimizni himoya qilyapmiz”, - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Qorabog‘ , #Lochin , #Ilhom Aliyev , #Armaniston

Aloqador xabarlar