Qozog‘istonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi sanasini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

1882862
Qozog‘istonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi

 

Qozog‘istonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari 2022 yil 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi sanasini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasiga navbatdan tashqari prezident saylovini tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash topshirildi.

Imzolash marosimidan so'ng bayonot bergan To'qayev, iyun oyida boʻlib oʻtgan konstitutsiyaviy referendum doirasida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlarni eslatib oʻtdi.

"Xalqimiz siyosiy tizimni o'zgartirish bo'yicha rejalarimiz muhimligini yaxshi tushunadi",-dedi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

To'qayev Konstitutsiyaga muvofiq, 2022-yil 20-noyabrda navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qilib, "Bu saylov mamlakatning butun siyosiy tizimini tubdan o'zgartiradigan jarayonning boshlanishi bo'ladi",-dedi.

Uning ta'kidlashicha, bu saylov mamlakat iqtisodiyoti va xalq farovonligi sohasidagi uzoq muddatli vazifalarni bajarishga imkon beradi.

“Saylovoldi maqsadlarimni tez orada e’lon qilaman. Men amaldagi Prezident sifatida saylov jarayoni adolatli, oshkora, mahalliy va xorijiy kuzatuvchilarning keng ishtirokida, qonunchilikka qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishiga kafolat beraman”, dedi To'qayev o'z bayonotida.

 

 



Aloqador xabarlar