ShHTning kengaytirilgan majlisida liderlar nutq so‘zladi

Shu kunlarda, 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

1881037
ShHTning kengaytirilgan majlisida liderlar nutq so‘zladi
KIRGIZİSTAN CMB.SADIR CAPAROV TDT AKSAKALLAR 4.jpg
tokayev.jpg
turkmenistan sardar.jpg

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlarida ishtirok etgan liderlar, ShHTning kengaytirilgan majlisida nutq so‘zladi. Ulardan ba'zilari quyidagicha:

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning qayd etishicha, Yevropa ittifoqi komissiyasi rus o‘g‘itlarini rivojlanayotgan davlatlarga yetkazib berish haqidagi cheklovlarini bekor qilishi lozim.

Putin, Oʻzbekistonning Samarqand shahrida uyushtirilgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitining kengaytirilgan yigʻilishida nutq soʻzladi.

Yevropa ittifoqi komissiyasining rus o‘g‘itlariga nisbatan kiritgan cheklovlarini turli jihatdan tanqid qilgan Putin:

“Albatta, bu sanksiyalarning bekor qilinishini xursandchilik bilan qarshi olamiz lekin komissiya, sanksiyalarni faqat Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar uchun bekor qildi. Oʻgʻitlarimizni faqat ular olishlari mumkin. Xoʻsh, dunyoning eng qashshoq va rivojlanayotgan davlatlari nima qiladi?-dedi.

Qirgʻiziston Pezidenti Sadir Japarov ham yurtining, 2023-yildan 2027-yilgacha togʻli hududlarni rivojlantirish boʻyicha besh yillik reja tuzib olganini maʼlum qildi va ushbu rejaning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasida ShHTga aʼzo davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini soʻradi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev esa, xalqaro muammolarni hal qilishda sanksiya shaklidagi repressiv usullar birinchi o‘ringa chiqqanini ta’kidladi.

“Shanxay ruhini mustahkamlash judayam muhim”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham mamlakatining ShHT bilan ko‘p qirrali hamkorlikka tayyor ekanini ifoda etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #Samarqand , #ShHT

Aloqador xabarlar