Prezidentlar Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi

Shu yerda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar yetakchilarining tashrifi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

1880628
Prezidentlar Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi

 

O'zbekistonning Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti davom etmoqda.

Avval xabar qilinganidek, SHHTda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarning yetakchilari O‘zbekistonga yetib keldi.

Davlat rahbarlari birgalikda “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi.

Ushbu majmuada O'zbekistonning qadimiy shaharlari qiyofasi, milliy an’analari bilan birga do‘st xalqlar bilan aloqalar tarixi ham aks ettirilgan. Xususan, Afrosiyob yodgorligi devorlarida saqlanib qolgan Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlaridan foydalanilgan.

Bunday ma’no-mazmun, tarix va bugungi kun uyg‘unligi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shu yerda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar yetakchilarining tashrifi sharafiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi.

Davlat rahbarlari o‘rtasida samimiy muloqot bo‘ldi. Ular Samarqand sammiti yuksak saviyada o‘tayotgani, bugun ikki tomonlama uchrashuvlarda muhim kelishuvlarga erishilganini qayd etdilar.

Sahnadagi kuy-qo‘shiqlarda o‘zaro hurmat va do‘stlik, tinchlik, mehr-muhabbat kabi umumbashariy qadriyatlar tarannum etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar 16 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Aloqador xabarlar