Samarqandda Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Putin Japarov bilan bo'lgan uchrashuvda strategik hamkor Qirg'izistonning Rossiyaga eng yaqin davlat ekanligini va ko'plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlik qilganligini bildirdi.

1880510
Samarqandda Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

 

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kreml tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Putin Japarov bilan bo'lgan uchrashuvda strategik hamkor Qirg'izistonning Rossiyaga eng yaqin davlat ekanligini va ko'plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda hamkorlik qilganligini bildirdi.

 

Putin shuningdek, Japarovga ushbu mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

“Respublikada ta’lim rus tilida olib boriladigan to‘qqizta umumta’lim maktabi bor, qirg‘iz maktablarida Rossiyadan kelgan o‘qituvchilar dars beradi, bu bizning davrimizda juda muhim. Mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizga minnatdorlik bildirmoqchimiz, bu boshqa ko‘plab sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asosdir”, deydi Putin.

U ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining 70 ta viloyati ishtirok etayotganini eslatgan. Bundan tashqari, Putin Bishkekda Rossiya madaniyati kunlarini o‘tkazish va boshqa qo‘shma tadbirlarga e’tibor qaratgan.

“Bularning barchasi munosabatlarimizning kelajakda ijobiy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish uchun juda yaxshi zamindir”, deydi u.

"Biz Qirgʻizistonga iqtisodiy yordam koʻrsatishda davom etmoqdamiz. Oʻtgan yili biz 20 million dollar moliyaviy yordam koʻrsatgan edik. Yana bir yarim million dollar Qirgʻiziston chegarasida (Tojikiston bilan) sodir boʻlgan fojiali voqealar oqibatida zarar koʻrgan ijtimoiy infratuzilma uchun ajratildi. Biz buni fojiali voqealarni hisobga olgan holda qilamiz",-deb qo'shimcha qilgan Putin.

Umuman olganda, Putin Japarovni ko‘rganidan juda xursand ekanini va o‘zaro manfaatli mavzularda suhbatlashishni istashini ta’kidlagan.

"Bizda bunday o‘zaro manfaatlar ko‘p. Biz yaqin davlatlarmiz, biz strategik sheriklarmiz, ittifoqchilarmiz, ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda birga ishlaymiz", deya xulosa qilgan Rossiya Prezidenti.

"Ishonchim komilki, ushbu uchrashuv Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Joriy yilning birinchi yarmida Rossiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oʻtgan yilga nisbatan ikki barobarga oshdi", — dedi Japarov. "Qirg‘iziston-Rossiya taraqqiyot jamg‘armasi ko‘magida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar jamg‘arma tomonidan umumiy qiymati 440 million dollar bo‘lgan 3200 ta loyiha ma’qullangan. Rossiya 2023 yilda 5 ta maktab, 2024 yilda esa 4 ta maktab quradi”, deb qo'shimcha qilgan Qirg'iziston prezidenti.

 



Aloqador xabarlar