O‘zbekiston Qostanaydagi favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishga yordam bermoqchi

Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi.

1876884
O‘zbekiston Qostanaydagi favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishga yordam bermoqchi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 6-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqat avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisiga, Qo‘stanay viloyatidagi o‘rmon yong‘inlari munosabati bilan dalda so‘zlarini bildirgan hamda favqulodda holat oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini qayd etgan.

Ikki mamlakat Prezidentlari muloqat davomida O‘zbekiston bilan Qozog‘istonning yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqqanlar.

Unda shuningdek savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan muloqatda, shu oyda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining kun tartibi ham muhokama qilingan.



Aloqador xabarlar