Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti va O'zbekiston Tarix instituti o‘rtasida bitim imzolandi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo va Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti rektori Ahmed Qutlug‘xon o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

1876009

O'zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida ilmiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish va kuchaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalar tayyorlash va amalga oshirish, o‘zbek-turk xalqlari tarixini o‘rganish, birgalikda ilmiy yig‘inlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 
Shuningdek, bugungi kunda O'zbekistonda tarix fani oldidagi vazifalardan kelib chiqib, ularning yechimlaridan biri sifatida kadrlar tayyorlash masalasi ekanligiga urg‘u berildi. 
Bunda ikki tomonlama mutaxassislar va yoshlar almashinuvi dasturini amalga oshirish dolzarb ekanligi ta’kidlandi. 
Shu bilan birga, yosh tarixchi olimlar o‘qishlari muddati va mavzular ko‘lamini kengaytirish, institut yoshlarining til bilish darajasini yaxshilash maqsadida turkiyalik mutaxassislarni jalb etishga kelishildi. 
Uchrashuv so‘ngida Tarix instituti va Turkiyaning Pamuqqal’a universiteti o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi. 

Aloqador xabarlar