Turkiya elchisi O‘zbekistondagi ulkan bunyodkorlik ishlari haqida fikr bildirdi

Turkiya elchisi Olgan Bekar Samarqandda bunyod etilgan "Buyuk Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik doirasida  shaharda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ulug‘vorligini eʼtirof etdi.

1872855
Turkiya elchisi O‘zbekistondagi ulkan bunyodkorlik ishlari haqida fikr bildirdi

 

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar Samarqandda bunyod etilgan "Buyuk Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazi, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik doirasida  shaharda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ulug‘vorligini eʼtirof etdi.

– Elchilar va diplomatlar ishtirokida o‘tgan bugungi tadbir taassurotlarga juda boy bo‘ldi, - dedi u. -Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, O‘zbekistonda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarning aksariyatida Turkiya qurilish kompaniyalarining ishtirok etganini alohida qayd etish joiz.

Qisqa fursat ichida bunyod etilgan ushbu muazzam inshootlar butun O‘zbekiston uchun katta naf keltiradi. Chunki bu yerda O‘zbekiston SHHT va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari va boshqa nufuzli yig‘ilishlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Shu jihatdan ushbu go‘zal maskan O‘zbekiston uchun muhim madaniy obyektga aylanadi.

Turkiya va O‘zbekiston munosabatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda. Yuqorida taʼkidlaganimdek, ushbu loyihalarda juda ko‘p turk tashkilotlari qatnashdi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an  SHHTning Samarqand sammitida ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston bilan hamkorlikdan juda mamnunmiz. Qardosh xalqlarimiz tinchligi, farovonligi va manfaati yo‘lida birgalikda ko‘plab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz, degan umiddaman.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar