O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Qirg‘izistonning Issik-Ko‘l viloyatiga qarashli Cho‘lponota tumanida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
![O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/9ffe/2633/841a/62d857f307989.jpg?time=1722046533)
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti oldidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra davlat rahbarlari birgalikda «Nomad» madaniyat markaziga bordilar. Hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. So‘ng ko‘chmanchilar o‘yinlari namoyish etildi.
Markaziy Osiyo xalqlari kuy-qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturida ellarimiz birligi, madaniy yaqinligi namoyon bo‘ldi.
Aloqador xabarlar
![Qirg‘izistondagi suv toshqinlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/bbe2/a68f/1f21/66a25d4ba023d.jpg?time=1722046534)
Qirg‘izistondagi suv toshqinlari oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
Azamat Mambetov, Qirg‘izistonda yuz bergan suv toshqinlari oqibati haqida ma’lumot berdi.