Japarov bilan Shento‘p o‘zaro hamkorlikning oxirgi vaziyati haqida fikr almashdi
Mustafa Shento‘p Qirg‘izistonning Cholpon-Ata shahrida, Prezident Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘p, Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assableyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etish maqsadida borgan Qirg‘izistonning Cholpon-Ata shahrida, Prezident Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi.
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Matbuot markazi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Japarov bilan Shento‘p mazkur qabul chog‘ida, parlamentlararo hamkorlikning rivojlantirilishi doxil o‘zaro hamkorlikning oxirgi vaziyati haqida fikr almashgan.
Japarov, qirg‘iz va turk xalqlarining an’ana va madaniy qadriyatlari mushtarak ekanini ta’kidlab,
“O‘zaro munosabatlarimizni yaxshilashga doimo tayyormiz”.-degan ifodalarga o‘rin bergan.
Navbatdagi to‘rtinch Jahon ko‘chmanchilar o‘yini bu yil Turkiyaning Bursa viloyatiga qarashli Iznik shahrida bo‘lib o‘tishini qayd etgan Japarov, o‘yinlarda ishtirok etuvchi Qirg‘iz tomonining, tadbirni uyushtirish masalalarida yordam berish istagida ekanini ifoda etgan.
Shento‘p, Turkiya Buyuk Millat Majlisining mamlakatlar o‘rtasidagi mushtarak hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishga tayyorligini ta’kidlar ekan ayni vaqtda,
Turkiya bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada jadal rivojlanayotganini qayd etgan.