Turkmanistonda xorijga aviaqatnovlar tiklanmoqda

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tez orada tashqi transport qatnovini qayta tiklashga ko‘rsatma berdi.

1842027
Turkmanistonda xorijga aviaqatnovlar tiklanmoqda

 

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tez orada tashqi transport qatnovini qayta tiklashga ko‘rsatma berdi.

Davlat rahbarining topshirig‘i Turkmaniston televideniyesi "Vatan" axborot dasturi orqali ma’lum qilindi, deb yozadi "Turkmanportal" yangiliklar sayti.

Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, Turkmaniston Prezidenti dunyoda epidemiologik vaziyat me’yoriga tushgani, ko‘p mamlakatlar xorijliklar uchun ochilganini eslatgan.
Turkmaniston va boshqa mamlakatlar o‘rtasida muntazam havo qatnovi COVID-19 boshlangan pallada, ya’ni 2020 yil bahorda to‘xtagan edi. Joriy yil 6 may kuni mamlakat havo qatnovini qisman qayta tiklashi e’lon qilindi. 

Hozircha Ashxoboddan ikki yo‘nalishda – Qozon va Dubayga samolyot uchyapti.

1 iyundan boshlab O‘zbekiston yuk avtotransport vositalari tashkiliy jamlanmasi (avtokolonna) harakatlanishi orqali Turkmaniston hududi bo‘ylab tranzit tashuvini amalga oshirish mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston

Aloqador xabarlar