Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelmoqda

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelmoqda.

1824328
Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelmoqda

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelmoqda.

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan hamkasbini Prezidentlik kulliyasida rasmiy marosim bilan kutib oladi.

Erdo‘g‘an-Toqayev uchrashuvida, oʻzaro munosabatlar har tomonlama muhokama qilinadi.

Uchrashuvda eng asosiy mavzu iqtisod boʻlar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi 10 milliard dollarlik savdo hajmiga erishish uchun tashlanadigan qadamlar baholanadi. Shuningdek turizm, energiya, sogʻlikni saqlash va mudofaa sanoati kabi hamkorlik sohalari qoʻlga olinadi.

Ikki lider mintaqaviy oʻzgarishlar nomi ostida Turk Davlatlari Tashkiloti tomonidan olib borilayotgan faoliyatlarga ham toʻxtalib, kelasi davrda kuzatilishi kerak boʻlgan yoʻl xaritasiga e’tibor beradi.

Uchrashuvda 24-fevraldan beri davom etayotgan Rossiya va Ukraina urushi ham chetda qolmaydi.  

Erdo‘g‘an hamkasbiga Turkiyaning urushni tugatish borasidagi harakatlari haqida ma’lumot beradi.



Aloqador xabarlar