Ozarbayjon ukrainalik muhojirlarga insonparvarlik yordami yubordi
Ozarbayjon Moldovada jon saqlayotgan ukrainalik muhojirlarga yana insonparvarlik yordami yubordi.

Ozarbayjon, Ukrainadagi inqiroz tufayli Moldovada jon saqlayotgan ukrainalik muhojirlar ejtiyojini qondirish maqsadida tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqida Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot tarqatdi.
Ushbu ma’lumotga koʻra qiymati 1,7 million manat, boshqacha qilib aytganda 1 million dollarlik 29 tonna insonparvarlik yordamini tashigan uchoq, bugun ertalab poytaxt Bokuda joylashgan “Haydar Aliyev” nomidagi aeroportidan yoʻlga chiqqan.
Ozarbayjon avval ham Ukrainaga dori-darmon, tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat 11,5 million yevrolik 520 tonna insoniy yordam yuborgandi.
Eslatib oʻtamiz, rus askarlari 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi harbiy harakat boshlatdi.
Aloqador xabarlar

Ozarbayjon ayrim nuqtalarni nazorat ostiga oldi
Ozarbayjon, Arman ishgʻoliga qarshi ayrim nuqtalarni nazorat ostiga oldi.