O‘zbek chavandoz Ispaniyada uyushtirilgan musobaqada oltin medal sohibi bo‘ldi

O‘zbek chavandoz Ispaniyaning Barselona shahrida uyushtirilgan xalqaro musobaqada oltin medal sohibi bo‘ldi.

1810566
O‘zbek chavandoz Ispaniyada uyushtirilgan musobaqada oltin medal sohibi bo‘ldi

Ispaniyaning Barselona shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Abdurahmon Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida, “Dunyo” AA muxbiri ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra dunyoning eng sara chavandozlari ishtirokida o‘tgan bahslarda o‘zbekistonlik sportchi Abdurahmon Abdullayev, o‘z oti bilan 1 metr 45 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan oshib o‘tgan. «GO FOUR IT B» tulporida ishtirok etgan Abdurahmon Abdullayevning ushbu muvaffaqiyati musobaqaning eng yaxshi natijasi sifatida  qayd etilar ekan, shu tariqa u turnir g‘olibiga aylangan.

Musobaqada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Portugaliya va Latviya chavandozlari egallagan.



Aloqador xabarlar