Turkiya telekanali O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi

Turkiyaning "TRT Avaz" telekanalining axborot dasturida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi haqidagi telelavha namoyish etildi.

1809904
Turkiya telekanali O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyati bilan tanishdi

 

Turkiyaning "TRT Avaz" telekanalining axborot dasturida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi haqidagi telelavha namoyish etildi.

Uch daqiqadan ko‘proq davom etgan ushbu lavhada O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasi faoliyati haqida hikoya qilingan. Unda qayd etilganidek, bojxona ishida bojxona ekspertizasi g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

"Bojxona ekspertizasi ko‘magida tovar kodini aniqlash tovarlarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruv jarayonlarini yana-da yengillashtiradi, eng muhimi, davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarining to‘liq undirilishiga xizmat qiladi", - deydi turk telekanali muxbiri.

Dasturda bundan salkam 30 yil muqaddam tashkil qilingan Markaziy bojxona laboratoriyasi O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 10 sentyabrdagi "Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoniga binoan bojxona tizimida alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgani alohida qayd etildi.

"Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriyaning 2021 yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida Markaziy bojxona laboratoriyasiga "Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi" maqomi berildi, deydi jurnalist.

- Tan olish kerakki, o‘zbek tomoni mazkur nufuzli maqomni qo‘lga kiritish uchun nihoyatda mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi, so‘nggi yillarda laboratoriyani jahon standartlari darajasiga yetkazish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Laboratoriya "Xalqaro ISO sertifikati"ni qo‘lga kiritdi".

Qayd etilganidek, endilikda bu yerda murakkab ekspertizalarni o‘tkazish va har tomonlama asoslangan haqqoniy xulosalar berilishini taʼminlash maqsadida laboratoriya AQSH, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan, xalqaro standartlarga mos 20 dan ortiq eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #TRT Avaz

Aloqador xabarlar