Turkiya Sultan Rayevga muvaffaqiyatlar tiladi

Qirgʻiz Respublikasi Madaniyat, sport va yoshlar siyosati vazirligi taklifiga binoan Sultan Rayev, 2025-yilgacha TURKSOY Bosh kotibi etib saylandi.

1805241
Turkiya Sultan Rayevga muvaffaqiyatlar tiladi

Turkiya, Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY Bosh kotibi etib saylangan Sultan Rayevga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tashqi ishlar vazirligi mavzu haqida bergan bayonotida,

“2022-yil Turk Dunyosi madaniy poytaxti Bursa shahrida boʻlib oʻtayotgan TURKSOY tarkibidagi davlatlarning Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining bugungi navbatdan tashqari yigʻilishida, Qirgʻiz Respublikasi nomzodi Sultan Rayevning, TURKSOY Bosh kotibi etib saylangani haqidagi xabar mamnuniyat bilan qabul qilindi”,-deyildi.

Bayonotda, Bosh kotiblik vazifasini Rayevga topshirgan Dusen Qaseinovga xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etilar ekan shuningdek:

“TURKSOY Bosh kotibi Sultan Rayevga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Turkiya, Turk dunyosining eng muhim tashkilotlaridan biri boʻlgan va poytaxt Anqarada joylashgan TURKSOY faoliyatini har doim boʻlganidek bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlashni davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Aytish joizki:

Kecha Turkiyaning Bursa shahrida Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY Doimiy kengashining navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishida, Qirgʻiz Respublikasi Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi taklifiga binoan Sultan Rayev, 2022-yildan 2025-yilgacha TURKSOY Bosh kotib deb saylandi.   



Aloqador xabarlar