Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifini Xivada davom ettiradi

Türkiye Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 29-30-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

1804241
Prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifini Xivada davom ettiradi
Şevket Mirziyoyev.jpg
Erdoğan ÖZB Hive.jpg
Türkiye-Özbekistan uçak Erdoğan ÖZB.jpg

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati rasmiy vab-sayti ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra O‘zbekiston Prezidenti u yerda Türkiye Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamrohlik qiladi. Tashrif chog‘ida Xiva shahrini ziyorat qilish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz bu haqida kecha, Oliy darajadagi O‘zbekiston-Türkiye Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumani chog‘ida, Türkiye Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ham aytib o‘tgandi.

 



Aloqador xabarlar