Makron bilan Aliyev Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Fransiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqat qildi.

1788438
Makron bilan Aliyev Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukrainadagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Makronning Aliyevga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgani bildirildi.

Muloqat chog‘ida ikki liderning Ukrainadagi vaziyat bilan u yerga gumanitar yordam yuborilishi masalasini muhokama qilgani ifoda etilgan bayonotda, Makron bilan Aliyevning shuningdek, energiya mavzusida ham fikr almashgani qayd etildi.

Rossiya qo‘shinlari 24-fevral kuni Ukrainaga hujum boshlatgandi.



Aloqador xabarlar