Toshkent viloyati hokimi Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

Yetakchilar biznes aloqalarni mustahkamlash, hududlarda intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish, mevani qayta ishlash texnologiyalarini keng joriy etish, yengil sanoat, turizm, qurilishga doir loyihalar xususida muzokaralar olib bordi.

1780043
Toshkent viloyati hokimi Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi

 

O'zbekistonning Nurafshon shahrida Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Olgan Bekar bilan uchrashdi.

Unda biznes aloqalarni mustahkamlash, hududlarda intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo etish, mevani qayta ishlash texnologiyalarini keng joriy etish, yengil sanoat, turizm, qurilishga doir loyihalar xususida muzokaralar olib borildi. 

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan suhbat davomida Olgan Bekar samimiy uchrashuv uchun viloyat hokimiga minnatdorlik bildirib, hududdagi mavjud imkoniyatlar, mamlakatda faoliyat olib borayotgan turk biznesmenlarining asosiy qismi ushbu hududda ish olib borayotgani va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida qayd etdi.  

– Bo‘stonliq tumaniga olib boradigan 90 kilometr atrofidagi yo‘l bo‘yida xizmat ko‘rsatish, zamonaviy maktab loyihalarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak, – deydi Zoyir Mirzayev. – Nurafshon markazida ham katta hajmda qurilish ishlari olib borilmoqda. Albatta, bu ishlarda tajribali mutaxassislar muhim. 50 ga yaqin kichik-kichik sanoat zonalarimiz bor. Qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi bir qancha yo‘nalishlarda tajribalari yetarli mutaxassislar bo‘lsa, biz bilan hamkorlikda ishlasa, hamma sharoitni yaratib berishga doim tayyormiz. 

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining izchil rivojlanib borayotgani qayd etilgan do‘stona muloqotda o‘rtaga tashlangan masalalar yuzasidan imkon qadar yaqin fursatlarda turkiyalik mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar