Ilhom Aliyev Bayraktarni qabul qildi

Haluk Bayraktar va Selchuk Bayraktar 26-29-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan TEKNOFEST Ozarbayjon tanishtirish yig‘ilishi uchun borgan poytaxt Bakuda Prezident Aliyev bilan uchrashdi.

1776632
Ilhom Aliyev Bayraktarni qabul qildi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Baykar Bosh direktori Haluk Bayraktar va Baykar Texnologiya rahbari Selchuk Bayraktarni qabul qildi.

Haluk Bayraktar va Selchuk Bayraktar 26-29-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan TEKNOFEST Ozarbayjon tanishtirish yig‘ilishi uchun borgan poytaxt Bakuda Prezident Aliyev bilan uchrashdi.

Selchuk Bayraktar Aliyev bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida Twitter sahifasida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:

“Nozik qabuli uchun Ozarbayjon Prezidenti janob Ilhom Aliyevga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. G‘olib bo‘lganlar, sabr-toqatlilardir”.

Haluk Bayraktar bilan Selchuk Bayraktar, Ozarbayjonga bo‘lgan tashriflari doirasida Qorabog‘ g‘alabasida qo‘lga kiritilgan harbiy transportlar namoyish etilgan “G‘animatlar bog‘i”da ham bo‘ldi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabog‘ , #Ilhom Aliyev , #Bayraktar

Aloqador xabarlar