Qozog'iston prezidenti To'qayev Eron prezidenti bilan muloqot qildi

Eron prezidenti matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Raisiy va To'qayev telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqadagi o'zgarishlar va Qozog'istonda ro'y bergan voqealarni muhokama qildi.

1772884
Qozog'iston prezidenti To'qayev Eron prezidenti bilan muloqot qildi

 

Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kecha, 2-fevral kuni Qozog'iston prezidenti Qosim Jo'mart To'qayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Eron prezidenti matbuot xizmati ma'lum qilishicha, Raisiy va To'qayev telefon orqali muloqotida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqadagi o'zgarishlar va Qozog'istonda ro'y bergan voqealarni muhokama qildi.

Qozog'istonning xavfsizligi Eron uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ifoda etgan Raisiy mintaqada tinchlik va barqarorlikni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi.

“Har qanday tashqi kuchlar aralashuvi mintaqani beqarorlashtiradi”,-deb aytgan Eron prezidenti.

Eron bilan Qozog'iston o'rtasida diplomatik aloqalar o'rnatilganining 30 yillik yubileyi arafasida ikki mamlakat munosabatlarida istalgan darajaga erishilganligini tilga olgan To'qayev savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yanada oshirish muhim ekanini ta'kidladi.



Aloqador xabarlar