To’qayev:“Mamlakatning deyarli barcha hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklandi”

Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 7 yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

1758671
To’qayev:“Mamlakatning deyarli barcha hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklandi”

 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bugun, 7 yanvar kuni Oqo‘rda saroyida prezident ma’muriyati rahbariyati, Xavfsizlik kengashi va xavfsizlik kuchlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda mamlakatdagi tezkor vaziyat, antiterror operatsiyasining borishi, hududlardagi vaziyat muhokama qilingan. 

“Mamlakatning deyarli barcha hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat organlari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorchilar qurol ishlatishda va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazishda davom etmoqda. Shu bois aksilterror harakatlar jangarilar to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom etishi kerak”,-deydi Qozog’iston prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonning barcha hududlarida zudlik bilan konstitutsion tartib o‘rnatilishi kerak.

Yig‘ilishda ichki ishlar va mudofaa vazirlari vazifasini bajaruvchi, shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi hisobot berdi.

Qozog'iston Ichki Ishlar Vazirligi hisobotiga ko’ra, namoyishlarda halok bo’lgan xavfsizlik xodimlari soni 18 nafarga yetdi.

Reuters xabar agentligi ma’lum qilishicha, Qozog‘iston prezidenti bugun 7-yanvar kuni davlat televideniyesi orqali xalqqa murojaat qiladi.

Eslatish joizki, Qozog‘istonda norozilik namoyishlari yangi yilning ilk kunlarida boshlandi.

2 yanvar kuni suyultirilgan gaz narxining keskin oshishi va mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi sababli boshlangan norozilik namoyishlari butun mamlakat bo’ylab keng tarqaldi. Namoyishlar mamlakatning eng yirik shahri Olmaotada zo'ravonlik va qurolli to'qnashuvlarga aylandi.

Prezident Qosim-Jomart To‘qayev norozilik namoyishlarida hukumatni mas’ul deb hisoblab, iste’fosini qabul qildi va 5 yanvar kuni mamlakat bo’ylab favqulodda holat e’lon qildi.



Aloqador xabarlar