Kazakbayev Qirgʻizistondagi turk ishbilarmonlarini investitsiya faoliyatlarini oshirishga chaqirdi

Kazakbayev Turkiya bilan Qirgʻizistonning ishbilarmonlari, madaniyati, birdamligi va doʻstligi uyushmasiga asos solinishining 1-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan bayram dasturida soʻzga chiqdi.

1751477
Kazakbayev Qirgʻizistondagi turk ishbilarmonlarini investitsiya faoliyatlarini oshirishga chaqirdi

Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasidagi tijoriy va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish maqsadida turk ishbilarmonlarini investitsiya faoliyatlarini oshirishga chaqirdi.

Kazakbayev Turkiya bilan Qirgʻizistonning ishbilarmonlari, madaniyati, birdamligi va doʻstligi uyushmasiga asos solinishining 1-yilligi munosabati bilan poytaxt Bishkekda uyushtirilgan bayram dasturida soʻzga chiqdi. Unda, Qirgʻizistondagi turk ishbilarmonlari sonining yetarli emasligini bildirgan Tashqi ishlar vaziri mavzu haqida:

“Har doim yangi ishbilarmonlarni qabul qilishga tayyormiz va ularga darvozamiz ochiq. Tashqi ishlar vazirligi barcha muammolarni hal qila olmaydı lekin vazirlikdagi jamoasi bilan sizning yoningizda boʻlishga, sizni qoʻllab-quvvatlashga, muammolaringizni hal qilishga 24 soat tayyor. Biz mas’uliyatni birgalikda olamiz zimmamizga. Eng muhimi birga ishlaylik”.- degan ifodalarga oʻrin berdi.

Investitsiyalar vaziri Nuradil Bayasov ham Turkiyaning Qirgʻizistonda Xitoydan keyingi eng koʻp sarmoya kiritgan davlatga aylanganini, 300 dan ortiq turk ishbilarmonining Qirgʻizistonda bir necha sohaga sarmoya kiritganini qayd etdi.

Turkiyaning Bishkekdagi elchisi Ahmet Sadiq Dogʻan ham Turkiya va Qirgʻiziston oʻrtasida tez-tez uyushtirilgan oʻzaro tashriflarning, muloqat va strategik hamkorlikning rivoj topganidan dalolat berganiga e’tibor qaratdi.

Dogʻan, Turkiyaning Qirgʻizistonda “Manas” nomidagi universiteti va Maorif fondi maktabi bilan ta’lim sohasida eng katta investorga aylanganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar