Qirg‘izistonda parlament saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilindi

Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 6ta siyosiy partiya parlament tarkibiga kirishga muvaffaq bo'lgan.

1748333
Qirg‘izistonda parlament saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilindi

 

Qirg‘izistonda 28-noyabrda bo’lib o‘tgan parlament saylovlarining rasmiy natijalari e’lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra, 6ta siyosiy partiya parlament tarkibiga kirdi.

Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentga o‘tish uchun zarur bo‘lgan 5 foizdan ko‘proq ovozni hukumatni qo‘llab-quvvatlovchi “Ata-Jurt Kirgizstan”, “Ishenim” va “Intimak”, muxolif “Butun Kirgizstan”, “Iyman Nuru” va “Alyans” partiyalari to‘play olgan. Respublikada mavjud saylov tizimiga ko‘ra, “Ata-Jurt Kirgizstan” 15ta, “Ishenim” 12ta, “Intimak” 9ta, “Alyans” 7ta, “Butun Kirgizstan” 6ta va “Iyman Nuru” 5ta deputatlik mandati oladi.

Bir mandatli okruglardagi saylovlarda g‘alaba qozonganlar orasida mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning o‘g‘li Said Atamboyev ham bor.

Qirg‘iziston parlamentiga saylovlar aralash tizim bo‘yicha o‘tgandi: 54 deputat partiya ro‘yxatlari bo‘yicha, 36 deputat esa bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan. Parlamentdagi 90 o‘ringa umumiy hisobda 1 ming 300 nomzod da’vogarlik qilgan.

Respublikada 2020-yil kuzida o‘tgan parlament saylovlari unda yo‘l qo‘yilgan ko‘plab qonunbuzarliklar sababli haqiqiy emas deb topilgandi. Saylovlar natijalari norozilik namoyishlariga va buning oqibatida prezident hamda hukumatning iste’foga chiqishiga olib kelgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar