Aliyev: Ikkinchi Qorabogʻ urushi shonli tariximizdagi yorqin gʻalabadir

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha g‘alabasining 1-yilligi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

1731043
Aliyev: Ikkinchi Qorabogʻ urushi shonli tariximizdagi yorqin gʻalabadir

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinchi Qorabogʻ urushining shonli Ozarbayjon tarixining yorqin gʻalabasi ekanini taʼkidladi.

Ozarbayjon qariyb 30 yil armanlar ishg‘olida qolgan hududining yirik qismini bir yil avval ozod qilgandi.

Roppa-rosa 44 kunda erishilgan g‘alaba 2020-yilning 10-noyabri kuni imzolangan shartnoma bilan qayd etildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha g‘alabasining 1-yilligi munosabati bilan xalqqa murojaat qildi.

Unda, Ozarbayjonning bu g‘alaba orqali hududiy yaxlitligini qayta tiklab, tarixiy adolatga erishganiga e’tibor qaratgan Aliyev:

“Ikkinchi Qorabogʻ urushi shonli tariximizdagi yorqin gʻalabadir”. -dedi.

Ishg‘ol davrida tayyorgarlik ko‘rganliklari va eng ilg‘or qurollarga ega bo‘lganliklarini ifoda etgan Aliyev, adolatli ravishda urush olib borganliklari va xalqaro huquqqa amal qilganliklarini bildirdi.

“(Armanlar) Qorabog‘ Armaniston deyish orqali bizni nazar-pisand qilmadi, qolaversa tahdid ham qildilar”.-degan Aliyev:

“Bundan buyon bu tuproqlarda, bu osmonda ozarbayjon tili va azon ovozi hukmronlik qiladi. Barcha xalqaro bosimlarga qaramay bir qadam ham ortga tisarilmadik. Yana bir marta bizni qo‘rqitsalar, unda temir mushtni ko‘radilar”.-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar