Turkiya Prezidenti Erdo'g‘an Shavkat Mirziyoyevni g'alaba bilan tabrikladi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun,25 oktyabr kuni  Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

1724742
Turkiya Prezidenti Erdo'g‘an Shavkat Mirziyoyevni g'alaba bilan tabrikladi

 

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Turkiya Prezidenti davlat rahbarini Prezident saylovida erishgan g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, ovoz berish natijalari mamlakat aholisi Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rsatganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Turkiya Prezidenti va butun xalqini ushbu mamlakatning yaqinlashib ketayogan bosh milliy bayrami – Respublika kuni bilan iliq qutlab, tinchlik-osoyishtalik va tinchlik-farovonlik tiladi.

Suhbat chog'ida Turkiya va O'zbekiston Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro savdoni yanada ko‘paytirish, yirik investitsiya loyihalari portfelini kengaytirish va muhim ta’lim dasturlarini amalga oshirish borasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.



Aloqador xabarlar