Qirg‘iziston “Bayraktar TB2” uchun Turkiyaga buyurtma berdi

Qirg‘iziston “Bayraktar TB2” qurolli uchuvchisiz havo transporti uchun Turkiyaga buyurtma berdi.

1723453
Qirg‘iziston “Bayraktar TB2” uchun Turkiyaga buyurtma berdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari general Qamchibek Tashiyev Turkiyaga “Bayraktar TB2” qurolli uchuvchisiz havo transporti uchun buyurtma berganini ma’lum qildi.

Prezident Sadir Japarov ishtirokida Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmatlari boʻlimida birinchi marotaba sotib olingani qayd etilgan harbiy transportlarni topshirish uchun alohida marosim uyushtirildi.

Tashiyev marosim ortidan jurnalistlarga bergan bayonotida, Turkiyaga “Bayraktar TB2” qurolli uchuvchisiz havo transporti bergani uchun minnatdorchilik bildirib, ularning yaqinda oʻzlariga topshirilishini ma’lum qildi.

Yuqorida nomi tilga olingan transportlarning dunyoning kamdan-kam davlatida borligiga e’tibor qaratgan Tashiyev, “Ulardan biri mamlakatimiz boʻladi. Transportlarni boshqaradiganlar Turkiyada mashqdan oʻtdi. Qurolli uchuvchisiz havo transportlari yaqinda yurtimizga keladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 



Aloqador xabarlar