Bursa shahrida O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi

Tadbirda Bosh konsul A.Aʼzamxo‘jayev xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini to‘liq taʼminlash maqsadida mamlakatning diplomatiya va konsullik vakolatxonalari huzurida 54 ta saylov uchastkasi tashkil etilgani to‘g‘risida maʼlumot berdi.

1720822
Bursa shahrida O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi

 

O'zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Turkiya ommaviy axborot vositalari vakillari uchun O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

O‘zbekistonning Bursa shahridagi faxriy konsulxonasida tashkil etilgan tadbirda Bosh konsul A.Aʼzamxo‘jayev xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarining saylov huquqini to‘liq taʼminlash maqsadida mamlakatning diplomatiya va konsullik vakolatxonalari huzurida 54 ta saylov uchastkasi, jumladan Anqara shahridagi elchixona va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonada 43- va 44-saylov uchastkalari tashkil etilgani to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Mazkur saylov uchastkalarida o'zbek vatandoshlarning Prezident saylovida ovoz berishi uchun barcha shart-sharoitlar tashkil etilgani hamda saylov uchastkalari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zarur jihozlar bilan taʼminlangani to‘g‘risidagi maʼlumotlar tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga havola etildi.

O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etadigan siyosiy partiyalar faoliyati va ular tomonidan ilgari surilgan  nomzodlarning saylovoldi dasturlarining asosiy yo‘nalishlari haqida ham fikr almashildi.

Joriy yil 24 oktyabr kuni Prezident saylovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash maqsadida 14-20 oktyabr kunlari O'zbekistonning Turkiyadagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalarida muddatidan avval ovoz berish nuqtalari tashkil etilgani, jumladan, ushbu jarayon Antaliyada 14 oktyabr kuni, Bursa, Karabuk va Konya shaharlarida16 oktyabr kuni o‘tkazilgani taʼkidlandi.

Turkiya hududida saylovning xavfsiz o‘tishida mahalliy mutasaddi tashkilotlar tomonidan katta ko‘mak ko‘rsatilayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #saylov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar