TurkPAning navbatdagi yalpi majlisi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi

Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) navbatdagi yalpi majlisi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi.

1712172
TurkPAning navbatdagi yalpi majlisi Qirg‘izistonda o‘tkaziladi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari Ulug‘bek Inoyatov kecha Turkiston shahrida o‘tkazilgan Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining yubiley anjumani – o‘ninchi yalpi majlisida ishtirok etdi. Bu haqida «Dunyo» AA muxbiri ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra majlisda Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi N.Nigmatulin, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi raisi S.Gafarova, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi to‘rag‘asi T.Mamitov, Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi M.Shento‘p, Vengriya Milliy yig‘ilishi spikeri o‘rinbosari M.Matray ishtirok etganlar.

Tadbirda doimiy komissiyalar hujjatlari va yangi namunaviy qonunlar muhokama qilingan. 

Uchrashuvda Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining keyingi yalpi majlisining Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tishi tasdiqlangan.

Majlis yakunida Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining yubiley – o‘ninchi yalpi majlisi ishtirokchilarining Turkiston deklaratsiyasi qabul qilingan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiston , #TürkPA

Aloqador xabarlar