Turkiyaning YTB tashkiloti raisi o‘rinbosari Toshkent Sharqshunoslik universitetida

Tashrif davomida TDSHU va YTB o‘rtasida amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli loyihalar, jumladan, universitet talabalarining Turkiya Respublikasida stajirovka va amaliyot o‘tash masalalari muhokama qilindi.

1709067
Turkiyaning YTB tashkiloti raisi o‘rinbosari Toshkent Sharqshunoslik universitetida

 

Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qardosh jamiyatlar idorasi (YTB) raisi o‘rinbosari Sayit Yusuf Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida TDSHU va YTB o‘rtasida amalga oshirilgan ishlar va istiqbolli loyihalar, jumladan, universitet talabalarining Turkiya Respublikasida stajirovka va amaliyot o‘tash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Sayit Yusuf so‘nggi yillarda universitetda talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, turkshunoslik sohasining hozirgi holati va istiqbol rejalari, TDSHU Turkiya univrsitetlari va tashkilotlari, xususan, Xorijlik turklar va qavm jamiyatlar idorasi bilan olib borayotgan tizimli hamkorlikka yuqori baho berdi.

Tadbirda Turkiya Respublikasining Xorijlik turklar va qardosh jamiyatlar idorasi tomonidan 2021 yil aprel-iyul oylarida “Yevroosiyo yoshlik maktabi” ta’lim dasturi doirasida onlayn tarzda tashkil etilgan o‘quv kurslarni muvafaqqiyatli tugatib, 22-29 avgust kunlari YTB tomonidan “Turk dunyosi yosh liderlari” dasturi doirasida ilk bor tashkil etilgan madaniy stajirovkaga Turkiya Respublikasiga borib kelgan TDSHUning bir qator talabalari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, mazkur tashkilot va Sayit Yusufga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #YTB

Aloqador xabarlar