"SASAM" strategik tadqiqotlar markazi O'zbekistondagi saylovga tayyorgarlik haqida maqola chop etdi

Turkiyadagi “SASAM” strategik tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasida “Saylovlarga tayyorgarlik: xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

1707217
"SASAM" strategik tadqiqotlar markazi O'zbekistondagi saylovga tayyorgarlik haqida maqola chop etdi

 

Turkiyadagi “SASAM” strategik tadqiqotlar markazining rasmiy veb-sahifasida “Saylovlarga tayyorgarlik: xalqaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Internet portalning yozishicha, yaqinda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Matteo Mekachchi O‘zbekistonda bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida ushbu Byuro missiyasi joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – Prezident sayloviga tayyorgarlik bo‘yicha talablarga baho berish uchun O‘zbekistonga kelishi ma’lum bo‘ldi. 
Maqolada qayd etilganidek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kuzatuvchilarning ishtiroki O‘zbekistonda ochiq, shaffof va demokratik saylovlarni o‘tkazish uchun muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina mamlakatlarda saylovlar borishini kuzatish insonning siyosiy huquqlari ta’minlanishining muhim jihati hisoblanadi. 
O‘zbekistonning Saylov kodeksida xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari saylovlarga tayyorgarlik va ularning o‘tkazilishi jarayonlaridagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari hamda saylov kuni saylov uchastkalarida ovozlar sanalishida qatnashishlari mumkinligi nazarda tutilgan, deb yozadi portal.  
“O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarda xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining soni ortib borayotgani kuzatilmoqda: agar 2016 yili bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 555 nafar (2015 yili 296 nafar) xorijiy kuzatuvchi ishtirok etgan bo‘lsa, 2019 yilgi parlament saylovida ularning soni 825 nafarni (2014 yili 331 nafar) tashkil etdi. Bu O‘zbekistonda saylovlar tub o‘zgarishlar va demokratik islohotlar, yangi siyosiy muhit sharoitida o‘tayotganidan dalolat beradi. Bu esa xalqaro hamjamiyatning katta e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda”, deya ta’kidlaydi “SASAM” strategik tadqiqotlar markazining veb-portali.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #SASAM

Aloqador xabarlar