Tolibondan qochgan afg‘onistonlik askarlar O‘zbekistonga o‘tdi

Tolibondan qochgan afg‘onistonlik askarlarning vertolyoti O‘zbekistondagi paxta dalasiga qo‘ndi.

1692571
Tolibondan qochgan afg‘onistonlik askarlar O‘zbekistonga o‘tdi

Afg‘onistonda Tolibondan qochgan askarlar vertolyot orqali O‘zbekistondagi paxta dalasiga qo‘ndi.

Tolibondan qochgan 20 dan ortiq afg‘onistonlik askarning 2 ta harbiy vertolyot orqali Afg‘oniston chegarasi yaqinida joylashgan O‘zbekistonning Surxandaryo viloyatidagi paxta dalasiga qo‘ngani haqidagi tasvirlar ijtimoiy tarmoqlardan joy oldi.

Kechasi tasvirga olingan videolavhada o‘zbek rasmiylardan birining dalaga qo‘ngan 2 ta vertolyotdagi afg‘onistonlik askarlardan kim ekanliklari va ular orasida tan jarohati olganlarning bor yoki yo‘qligini so‘ragani, afg‘onistonlik askarlarning esa “uchuvchimiz”. - deb javob bergani ko‘rinib turipdi.

Videoda shuningdek o‘zbek rasmiyning: “Nima uchun bu yerga qo‘ndingiz?” degan savoliga afg‘onistonlik askarlardan birining o‘zbek tilida: “Afg‘onistonda urush bor. Tolibon Kobulni bosib oldi. Shu bois biz ham hududdan qochdik. Boshqa ilojimiz yo‘q edi. Bu yerga qo‘nishga majbur bo‘ldik”, - deganiga guvoh bo‘lasiz.

Videotasvir yakunida nomi tilga olingan vertolyotlarni aeroportga olib borish maqsadida o‘zbek rasmiyning ham vertolyotga o‘tirgani kuzatiladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan bayonotda, 14-15 avgust kunlari 585 nafar afg‘onistonlik askarni tashigan Afg‘oniston Qurolli kuchlariga oid 22 ta harbiy uchoq bilan 24 ta vertolyotning O‘zbekiston havo hududiga ruxsatsiz kirgani ma’lum qilingandi.

Bayonotda shuningdek, Xonobod aeroportiga qo‘nishni istagan Embraer rusumidagi Afg‘oniston uchog‘ini Termiz aeroportiga yo‘naltirish maqsadida ko‘tarilgan Mig-29 o‘zbek harbiy uchog‘ining ham Afg‘oniston uchog‘i bilan to‘qnashib, Surxandaryo viloyatiga qulab tushgani, uchuvchilarning esa parashyut bilan sakragani qayd etilgandi.

Shu bilan birga Tolibondan qochgan 158 nafar Afg‘oniston fuqarosi, Afg‘oniston bilan chegaradosh Amudaryo bo‘ylab suzib, O‘zbekistonga o‘tdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi bergan bayonotda, ular orasida askarlar ham bor 158 nafar Afg‘oniston fuqarosining kecha Amudaryo orqali noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekistonning Termiz tumaniga sizib kirgani aytilgan.

Bayonotda, mazkur holat yuzasidan tergov boshlangani ifoda etildi.

Ba’zi ommaviy axborot vositalari ham Afg‘oniston Prezidenti o‘rinbosari marshal Rashid Do‘stumning O‘zbekistonga o‘tganini ilgari surdi.

O‘zbekiston Covid-19 pandemiyasi yuzasidan o‘tgan oyda Afg‘oniston bilan chegarasini vaqtinchalik bekitib, Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni to‘xtatgandi.

Afg‘oniston bilan 144 kilometrlik chegarasi bor O‘zbekistonda, 14-avgust kuni Tolibon hujmidan qochgan va 3 nafari tan jarohati olgan 84 nafar afg‘onistonlik askar jon saqlayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Afg‘oniston , #Tolibon

Aloqador xabarlar