Oʻzbekistonda bir kunda yarim milliondan ortiq kishi emlanmoqda

Oʻzbekistonda bir kunda yarim milliondan ortiq kishi Covid-19ga qarshi emlanmoqda.

1688505
Oʻzbekistonda bir kunda yarim milliondan ortiq kishi emlanmoqda

Oʻzbekistonda kundalik emlanish soni yarim milliondan oshdi. Bu haqida mamlakatning Sogʻlikni Saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra kecha 9-avgust kuni Oʻzbekiston hududlari boʻylab 638 ming 058 doza Covid-19 ga qarshi vaksina qoʻllanilgan.

Ayni kungacha mamlakatda jami 10 million 663 ming 284 doza vaksinadan foydalanilgan.

Shu kungacha toʻliq emlangan fuqarolar 1 million 360 ming 237 nafarni tashkil etar ekan emlash jarayoni davom etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Oʻzbekiston , #vaksina , #Covid-19

Aloqador xabarlar