Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon mazkur ko‘rgazmani borib ko‘rdilar.

1687432
Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi

 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Turkmanboshi shahrida ushbu mamlakatlarning milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon mazkur ko‘rgazmani borib ko‘rdilar.

“Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasida O'zbekistonning oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, charm-poyabzal, elektr texnikasi, kimyo, farmatsevtika, zargarlik va qurilish materiallari kabi sanoat tarmoqlari salohiyati namoyish etilgan.

Ko‘rgazmadan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston mahsulotlari ham o‘rin olgan. Ekspozitsiyalar 8 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni egallagan.

Prezidentlar mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirib, o‘zaro tovarlar yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdilar.


Tanlangan kalimalar: #Turkmaniston , #Markaziy Osiyo

Aloqador xabarlar