Afg'onistonda tinchlik o'rnatish yo'lida yangi platforma tashkil qilishga kelishib olindi

Kecha 15-iyul kuni Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

1676264
Afg'onistonda tinchlik o'rnatish yo'lida yangi platforma tashkil qilishga kelishib olindi

 

Kecha 15-iyul kuni Toshkent shahrida Amerika Qo‘shma Shtatlari, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari yangi to‘rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

O‘zbekiston TIV tomonidan maʼlum qilinishicha, Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkazilishining dolzarbligini qayd etgan holda tomonlar mintaqaviy bog‘liqlikni Afg‘oniston va mintaqada uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun muhim deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy bog‘liqlikning o‘zaro mustahkamlovchi omil bo’lib hisoblanishini taʼkidladilar.

Bayonotga ko’ra,  2021 yil 15 iyulda Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo‘llab-quvvatlash uchun AQSH-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston to‘rt tomonlama shaklining eʼlon qilinishi “AQSH, O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bog‘liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to‘rt tomonlama diplomatik platformani tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Tomonlar Afg‘onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog‘liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy aloqalar o‘zaro bir-birini  mustahkamlaydi degan yakdil fikrni bildiradi.

Samarali xalqaro savdo yo‘nalishlarini yana-da rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo‘llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.

Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini o‘zaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib oldilar.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Afg'oniston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar