Kaspiy dengizining Boku qirg‘og‘iga yaqin qismida portlash yuz berdi

Kaspiy dengizining Ozarbayjon poytaxti Boku qirg‘og‘iga yaqin qismida portlash yuz berdi.

1669858
Kaspiy dengizining Boku qirg‘og‘iga yaqin qismida portlash yuz berdi

Kaspiy dengizining Ozarbayjon poytaxti Boku qirg‘og‘iga yaqin qismida portlash yuz berdi.

Bokudan bemalol ko‘ringan portlash haqidagi tasvirlar ijtimoiy tarmoq saytlarida bo‘lishildi.

Bir necha metrgacha yuqoriga ko‘tarilgan olovlar tunning qorong‘uligini oydinlatdi. Portlashning sababi va o‘rni haqida hali hanuz rasmiy bayonot berilmadi.

Ozarbayjon Davlat Neft shirkati (SOCAR) Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Ahmedov, shirkatga qarashli hech qanday platforma yoki sanoat bo‘limida portlash qayd etilmaganini bildirdi.

Energetika tarmog‘idagi rasmiylar, portlashning Umid Gaz havzasidagi tankerlardan birida yuz berganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Kasmiy dengizi , #Boku , #portlash

Aloqador xabarlar