Turkiya O‘zbekiston rivojini yuqori baholamoqda

Turkiyada O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati, sayyohlik salohiyati va zamonaviy rivojlanishiga oid atroflicha maʼlumotlar turk o‘quvchilari eʼtiboriga havola qilindi.

1668801
Turkiya O‘zbekiston rivojini yuqori baholamoqda

Turkiyaning ommabop «Önce Vatan» gazetasida «Yangi O‘zbekiston» sarlavhali maqola chop etildi. Bu haqida “Dunyo” AA ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra unda O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati, sayyohlik salohiyati va zamonaviy rivojlanishiga oid atroflicha maʼlumotlar turk o‘quvchilarining eʼtiboriga havola qilingan.

Jurnalist Irfon Hattoto‘g‘li qalamiga mansub ushbu maqolada  O‘zbekiston va  Turkiya o‘rtasida do‘stlik va strategik aloqalar tobora rivojlanib borayotgani hamda yangi hamkorlik yo‘nalishlarining poydevoriga zamin yaratilayotgani qayd etilgan.

«Turkiy xalqlarning sarchashmasi bo‘lgan O‘zbekiston bag‘rida joylashgan Movarounnahr mintaqasi qadimdan ilmu irfon markazi bo‘lib kelgan, Imom Buxoriy va Imom Termiziy muallifligidagi hadis kitoblari bilan Islom dini sof poydevorining qurilishiga xizmat qilgan. Bu tuproqda yashagan Muhammad Xorazmiy matematika fanining asoschisi edi. Farobiy, Ibn Sino kabi mutafakkirlar esa falsafa va tibbiyot ilmida barhayot asarlar yozib qoldirgan», - deya taʼkidlaydi turk gazetasi.

Muallifga ko‘ra,  buyuk tarixi bilan butun dunyoni lol qoldirgan O‘zbekiston zamini bugungi zamonaviy taraqqiyot pillapoyalarida ham shaxdam qadamlar bilan odimlamoqda. So‘nggi besh yilda esa O‘zbekiston butun dunyoga qaytadan o‘z salohiyatini namoyon etmoqda.  O‘z darvozalarini do‘st mamlakatlar, shu jumladan, Turkiya uchun ochdi.

«Renessans davrlarining beshigi bo‘lgan O‘zbekiston
o‘z mustaqilligini 1991 yilda qo‘lgan kiritgan bo‘lsa-da, bugunga qadar mushtarak rishtalarimiz yetarli darajada emas edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yil dekabrda Prezident etib saylanishi bilan mamlakatning yangi davrga kirishi nishonalari maʼlum qilindi, - deb yozadi muallif.  - Mamlakat mustaqilligining 30 yilligi nishonlanadigan bu yil O‘zbekiston yirik bir qurilish maydoniga aylangan. Ilm-fan, texnologiyalar, chorvachilik, fermerlik, konchilik, to‘qimachilik sohalariga kiritilgan sarmoyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eʼtibor, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik, qo‘shni mamlakatlar bilan samimiy hamkorlik munosabatlari O‘zbekistonning yangi imijini shakllantirib ulgurdi».

34 milliondan ko‘proq xalqi bilan Markaziy Osiyo respublikalari ichida eng ko‘p sonli aholiga ega bo‘lgan mamlakatning so‘nggi besh yilgi rivojlanish tezligi 7 foizga o‘sdi. Mamlakatda aholi farovonligi ham yuksalib bormoqda.

Maqolada qayd etilishicha, so‘nggi yillardagi investitsiyalar oqimi va amalga oshirilayotgan loyihalar natijasi o‘laroq, ishsizlik nisbati 11,1 foizga kamaydi.  Huquqiy davlat, erkinlik, demokratlashish, xotin-qizlarning haq-huquqlari, gender tengligi, bardavom taraqqiyot, korrupsiya, ekstremistik oqimlar va terrorchilikka qarshi kurashish - O‘zbekiston rahbarining ustuvorliklari orasidan joy olgan.

«Yangidan uyg‘onish davrini o‘z boshidan o‘tkazayotgan O‘zbekistonda boshlangan islohotlar o‘z mevasini bera boshladi. Yangilanishlar ko‘plab yangi hamkorlar va chet el sarmoyadorlarining investitsiya kiritishiga yo‘l ochmoqda hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning mamlakatga kirishi bilan Yangi O‘zbekiston butun dunyoning eʼtiborini o‘ziga tortmoqda», - deb yozadi «Önce Vatan» .



Aloqador xabarlar