Japarov: Qirgʻiziston bilan Turkmaniston yaqin doʻst, strategik sherik va qardosh davlatlardir

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan Turkmanistonda.

1666108
Japarov: Qirgʻiziston bilan Turkmaniston yaqin doʻst, strategik sherik va qardosh davlatlardir
Sadir Caparov Türkmenistan 25.jpg

«Qirgʻiziston bilan Turkmaniston oʻrtasida savdo - iqtisodiy va madaniy - gumanitar hamkorlikning yangi imkonlari mavjud. Shuningdek, bir qator aktual xalqaro va mintaqaviy masalalarda shu jumladan tinchlik, xavfsizlik, yangi chaqiriqlar bilan xavflarga qarshi kurashish masalalarida oʻzaro toʻliq tushinish bor va eng muhimi pozitsiyalarimiz yaqin»- dedi bugun, 28-iyun kuni, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ashxabod shahrida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxammedov bilan kengaytilgan formatdagi ikki tomonli yigʻilish paytida.

Ikki mamlakat rahbarlari qirgʻiz-turkman ikki tomonli hamkorlikning aktual masalalari, savdo-iqtisodiy, otun-energetik, madaniy-gumanitar va boshqa muhitdagi oʻzaro hamkorlikni muhokama qilishdi. Bu haqida Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti, Matbuot xizmati rasmiy veb saytida ma’lumot berildi.

Ushbu ma’lumotda qayd etishicha Sadir Japarov Qirgʻiziston bilan Turkmanistonning yaqin doʻst, strategik sherik va qardosh davlatlar ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek bu haqida:

«Qirgʻiz-turkman hamkorlik faoliyati terang ravishda rivojlanmoqda. Mamlakatlarimiz oʻrtasida hech qanday siyosiy qarama-qarshilik yoʻq. Qirgʻizistonda Turkmanistonning muvaffaqiyatiga chin dildan xursand boʻlishadi. Soʻnggi yillari ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp asrlik tarixga, umumiy urf-odatlarga, tubi bir til va madaniy-manaviy meroslarga asoslangan doʻstlik va qardoshlik munosabatlari uzoq muddatli strategik hamkorlikning yangi darajasiga koʻtarildi. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar muhitdagi sharoitlardagi hujjatlarni oʻz ichiga olgan ikki tomonli shartnoma-huquq bazasi doimiy ravishda oʻsib bormoqda », - degan ifodalarga oʻrin bergan.

Sadir Japarov Qirgʻizistonning Turkmaniston bilan ikki tomonli munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan loyihalarning toʻliq ishga oshirilishiga yana bir bor ishontirgan. Ikki tomonli sheriklikning katta potentsialini bundan buyon ham mustahkamlash va rivojlantirish uchun sa’y-harakatni iloji boricha orttirishga tayyor ekanini ham ifoda etgan.

Prezidentning qayd etishicha, oʻzaro aloqalarning ustun yoʻnalishlaridan biri boʻlgan savdo-iqtisodiy hamkorlikni bundan buyon faollashtirish lozim. Ikkala mamlakat savdo, energetika, transport va agrosanoat kompleksi tarmogʻida jiddiy imkoniyatlarga ega.

Davlat rahbari Qirgʻizistondagi sarmoyaviy loyihalarda ishtirok etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligini aytib, u loyihada turkman biznesining keng ishtirokidan umidvor ekanini yetkazgan.

Sadir Japarov belgilab oʻtganday, hamkorlik yoʻnalishlaridan biri bu turizm tarmogʻidir. Shu bilan bir qatorda sifatli turkman tekstili bilan qirgʻiz kiyim-kechak tikish tarmogʻi imkonlarini birlashtirish uchun yengil sanoat tarmogʻi ham katta potentsialga ega.

Davlat rahbari Sadir Japorov soʻzlari davomida:

«Ikki qardosh xalqning tarixiy va manaviy ildizi chuqur, tillari bilan madaniy urf -odatlari oʻxshash. Ularni saqlab qolish shuningdek, qirgʻiz-turkman gumanitar aloqalarini bundan buyon ham chuqurlashtirish alohida oʻringa ega. Ikki xalqning ruhiy jihatdan yaqinlashuvi qirgʻiz-turkman xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va inoq qoʻshnichilik odatlarini mustahkamlashga yoʻl ochishini yodga olish bilan birga koronavirus pandemiyasiga bogʻliq vaziyat yaxshilanganida, oʻzaro Madaniyat kunlarini oʻtkazishni taklif qilaman », - deya gapirgan.

Prezident Sadir Japarov qirgʻiz-turkman munosabatlarining keng doirasi boʻyicha oʻzaro foydali hamkorlikni bundan buyon kengaytirish, ikki davlat qiziqichiligiga toʻliq javob berish imkonini tasdiqlab, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni Qirgʻizistonga rasmiy tashrif bilan kelib ketishga chaqirgan.



Aloqador xabarlar