Turk kengashi Shusha deklaratsiyasini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turk kengashi Prezident Erdo‘g‘an bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Shusha deklaratsiyasiga qo‘l qo‘yishini xursandchilik bilan qarshi oldi.

1659565
Turk kengashi Shusha deklaratsiyasini xursandchilik bilan qarshi oldi

Turk kengashi Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev kecha Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Shushada, Shusha deklaratsiyasiga qo‘l qo‘yishini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini bildirdi.

Amreyev mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, Shusha deklaratsiyasining turk dunyosidagi mavjud birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab muhim moddani o‘z ichiga olganini qayd etdi.

Amreyev bu haqida,

“Shusha deklaratsiyasi Turk davlatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning aniq turklik ongi bilan qanday qilib yuqori darajalarga ko‘tarilishi kerakligini yaqqol ko‘rsatgan namunali hujjat sifatida tarix sahifasidan o‘rin oladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Deklaratsiyaning iqtisodiyotdan transportga, diasporadan madaniy masalalarga qadar Turk kengashi orqali olib borilgan mavjud hamkorlik sohalari o‘rtasida kuchli  o‘xshashliklar borligiga e’tibor qaratgan Amreyev:

“Deklaratsiya faqatgina ikki mamlakat va xalqlarining emas ayni vaqtda barcha Turk dunyosi manfaatiga xizmat qiladi. Deklaratsiyada aytib o‘tilgan masalalarning ko‘pchiligi, Turk kengashining ko‘p tomonli platformasi doirasida Turk kengashiga a’zo va kuzatuvchi davlatlari tomonidan hozirning o‘zida qo‘lga olinmoqda. Bu e’tibor bilan deklaratsiya, kengash orqali olib borilgan ko‘p tomonli hamkorlikning izchilligining tasdiqidir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Amreyev Shusha deklaratsiyasining mintaqaviy tinchlik, barqarorlik va farovonlik uchun kuchli chaqiriq ekanini va mintaqa davlatlarini, barcha tomonlar manfaati uchun konkret loyihalar bilan Janubiy Kavkazda yangi tinchlik va barqarorlik mintaqasini yaratishga yo‘l ochishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar