O‘zbekistonda 30 iyul — Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi

O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti.

1659101
O‘zbekistonda 30 iyul — Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi

Buxoroda 30 iyul — Xalqaro do‘stlik kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish  maqsadida «O‘zbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti» deb nomlangan “davra suhbati” o‘tkazildi. Bu haqida, «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, anjumanda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki mamlakatda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlangan. 

O‘zbekistonda 30 iyul — Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanishi belgilangan. Tadbirda viloyatdagi milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olingan. «Yangi O‘zbekiston – yangi tashabbuslar» shiori ostida «O‘zbekiston - umumiy uyimiz» mavzusida o‘tkaziladigan keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda viloyatdagi barcha millatlar vakillari faol ishtirok etishi, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilish masalalari muhokama etilgan. Viloyatda iyul oyini  – xalqaro do‘stlik oyligi sifatida keng nishonlash haqida qaror qabul qilingan.

Qayd etilishicha bugungi kunda Buxoro viloyatida 11 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning samarali ish yuritishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Nodavlat-notijorat tashkilotlari va Do‘stlik uyi binosi foydalanishga topshirilgan. 

 



Aloqador xabarlar