Turk Havo Yo‘llari Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi

Bugun, 11 iyun kuni O’zbekiston vaqti bilan soat 07:50 da "Turk havo yo‘llari" aviakompaniyasining Airbus A-320 havo kemasi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

1656138

Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, aviakompaniyaning “Istanbul – Urganch – Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi tantanali ravishda kutib olingan.

Ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada bir marotaba juma kuni amalga oshiriladi.

Avvalroq, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi joriy yilning 8 iyun kuni “Istanbul – Farg‘ona – Istanbul” yo‘nalishida ham ilk qatnovini amalga oshirgan edi. “Istanbul – Farg‘ona – Istanbul” aviaqatnovi haftaning har seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. 

Eslatish joizki, joriy yilning aprel oyi ikkinchi yarmida “Turkish Airlines” aviakompaniyasi Istanbuldan Urganch va Farg‘onaga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olgandi.

Aloqador xabarlar