O‘zbekiston va Turkmaniston TIV rahbarlari ikki tomonlama hujjatlarni imzoladi

Kecha, 26 may kuni Ashxobod shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

1646559

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘zbek-turkman hukumatlararo Qo‘shma komissiyasi to‘g‘risida Bitim, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida Yerdan haq to‘lash evaziga foydalanish to‘g‘risidagi Bitimga Qo‘shimcha bitim imzolangan.

O‘zbekiston tomonidan hujjatlarni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Turkmaniston tomonidan esa Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov imzoladi.

Mazkur hujjatlarning imzolanishi transchegaraviy suv resurslaridan oqilona va adolatli asosda, do‘stlik ruhida va yaxshi qo‘shnichilik ruhida birgalikda foydalanish masalalarida o‘sishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Aloqador xabarlar